“Suvni birgalikda asraylik!” mavzusida seminar-trening
2 views
Joriy yilning 9-sentabr kunida Vazirlikning Qoraqalpoq akademik litseyida Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda “Suvni birgalikda asraylik!” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.Seminar-trening davomida o‘quvchilarga suvni isrof qilmaslik, suv manbalarini ifloslantirmaslik va kundalik hayotda suvdan tejamkor foydalanish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi. Shuningdek, mavzu yuzasidan fikr almashilib, o‘quvchilar faol ishtirok etdilar.
Tadbir yakunida yoshlarni tabiatni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va suv resurslaridan oqilona foydalanishga chaqirildi.
